1. mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash;
2. aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish; 
3. resurslarni tejash va ekologik barqarorlikni taʼminlash; 
4. oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash; 
5. “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy qilish, iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish.

Quyidagilar:

— loyihada aks ettirilgan asosiy vazifa va choralarda yil nomidan kelib chiqib atrof-muhitni muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalariga asosiy eʼtibor qaratilmoqda;

— vazirlik va idoralarning ekologiya sohasidagi birinchi navbatdagi vazifalari alohida ilovada belgilanmoqda (loyihaning 16-ilovasi);

— ekologiya boʻyicha xalqaro shartnoma va tashkilotlar kesimida chora-tadbirlar alohida ilovada nazarda tutilmoqda (loyihaning 17-ilovasi);

— “Yashil turizm” dasturi tasdiqlanmoqda (loyihaning 18-ilovasi); 

— Dastur ijrosini sifatli va oʻz vaqtida tashkil etish maqsadida har bir bandi boʻyicha choraklar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlar va ularga masʼul ijrochilar belgilanmoqda (amalda yil yakuni boʻyicha);

— islohotlar samaradorligini baholashning mutlaqo yangi tartibi kiritilib, elektron portal orqali har bir islohotni aholi hayotida sezilganligi boʻyicha munosabat bildirish imkoniyati yaratilmoqda (🟢yashil (aʼlo), 🟡sariq (qoniqarli) va 🔴qizil (qoniqarsiz) (mazkur masalalar Hukumat yigʻilishlarida doimiy muhokama qilib boriladi).