Soʻnggi kunlarda soxta aviachiptalar sotish holatlari koʻpayotganligi sababli aviakompaniya yoʻlovchilarga Uzbekistan Airways haqiqiy aviachiptasida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerakligini eslatib oʻtadi:
• 13 ta raqamdan iborat va 250 sonidan boshlanadigan noyob aviachipta raqami;
• aviachipta xarid qilgan agentlikning to‘liq manzili;
• aviachiptaning narxi, agentlik yig‘imi miqdori va xarid qilingan avaichiptaning tarifi;
• bagaj uchun ruxsat etilgan joy miqdori;
• Uzbekistan Airways aviaqatnoviga chiqish va ro‘yxatdan o‘tish vaqti tugashi haqida eslatma.
Xarid qilingan aviachiptani (https://auxiliary.uzairways.com/uz/) havolasi yoki Aloqa markazi raqami: 78 140 02 00 (kecha-yu kunduz faoliyat yuritadi) orqali tekshirib olishingiz mumkin.
Xurmatli yo‘lovchilar! Uzbekistan Airways ushbu ma’lumotlarni doimo tekshirib ko‘rishingizni va aviachiptalarni xarid qilishda hushyor bo‘lishingizni so‘rab qoladi.