Avstraliyada 2,4 mln bolaning hayotini qutqargan rekordchi donor vafot etdi

    Avstraliyada dunyodagi eng samarali donorlardan biri boʻlgan 88 yoshli Jeyms Xarrison vafot etdi.

    U 18 yoshida qon plazmasini topshirishni boshlagan va 81 yoshga toʻlgunga qadar har ikki haftada bir marta bu ishni davom ettirgan, deb yozadi BBCga tayanib «Nigoh« telegram kanali.

    Qayd etilishicha, uning plazmasida maxsus zardob tayyorlash uchun qoʻllaniladigan noyob immunoglobulin (anti-D) mavjud boʻlgani sababli, u 2,4 mln chaqaloqning hayotini saqlab qolishga yordam berdi. Bu zardob ona va bola oʻrtasidagi rezus-konfliktning oldini olish maqsadida rezus omili manfiy boʻlgan homilador ayollarga yuboriladi.

    Harrisonning qonida bu immunoglobulinlar nima sababdan shunchalik koʻp ekanligi hanuzgacha nomaʼlum.