Melburn universiteti tadqiqotchilari ishlatilgan vositalardan yoʻl qurish mumkin degan xulosaga keldilar. Buning uchun niqoblar maydalanadi ekanda, qurilish chiqindilari bilan qorishtirilar ekan. Bu esa avtomobil yoʻllarning yana-da mustahkamroq boʻlishiga olib keladi ekan.
Olimlarning hisob-kitobiga koʻra, ikki qatorlik bir kilometr uzunlikdagi yoʻl qurish uchun uch million dona atrofida niqob zarur boʻladi ekan. Bu chiqindixonaga 93 tonna atrofidagi chiqindini tashlab yuborishning oldini olar ekan. Shunday qilib, yoʻl uchun qurilish materiallarining yetishmasligi, hamda chiqindining ekologik utilizatsiyasi muammolari hal boʻlishi kutilyapti.
Shuni taʼkidlash kerakki, bu bir martalik tibbiy niqoblardan qayta foydalanish imkoniyatini, hamda ularni utilizatsiya etish muammosini oʻrganish boʻyicha birinchi tadqiqot ekan, deb xabar beradi NEWS.ru