Qoʻqon shahri Toʻyxona koʻchasida yashovchi fuqaro M.U IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil kuni 06-dekabr kunidan 07-dekabr kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirgan “Damas” rusumli avtomashina salonidan 9.700.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.