Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro mashinasining old kapotiga himoya plyonkasini yopishtirgani hamda uning ichiga suv toʻldirib, baliqlarni solgani aks etgan video tarqaldi.
Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta eʼtiroz keltirib chiqardi.
Holat Ekologiya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda birga oʻrganildi. Oʻrganish natijasida ushbu huquqbuzarlik Toshkent shahrida fuqaro I.N. tomonidan sodir etilgani maʼlum boʻldi.
Huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 111-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari — 1 million 125 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi.
Unutmang! Tabiatdagi har qanday tirik jonzotlarga nisbatan nojoʻya, oʻrinsiz, shafqatsiz munosabatda boʻlish taqiqlangan va qonunchilikka muvofiq qatʼiy javobgarlik belgilangan.









