Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni boʻyicha “Cobalt” yetakchilik qilmoqda – qariyb 50 ming dona.
Shuningdek, “Lacetti-Gentra” va “Damas” ham 30-40 ming dona oraligʻida ishlab chiqarilib, kuchli uchlikdan joy olgan.
— “Cobalt” – 49 458 dona
— “Lacetti-Gentra” – 37 084 dona
— “Damas” – 34 944 dona
— “Tracker” – 15 071 dona
— “Onix” – 11 222 dona
— “Nexia T-250” – 2 056 dona
— Maxsus yengil avtomobillar – 11 775 dona