Unga koʻra notarial harakatlar uchun toʻlanadigan bojlar sezilarli darajada kamaytirilmoqda. Jumladan:

Vafot etgan fuqaroning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminotiga nisbatan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berishda davlat bojidan ozod qilish maqsadida notarial harakatlar amalga oshirilganda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlari uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etilmoqda.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda berishda yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar identifikatsiya ID-kartalarini berganlik uchun davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmoqda.

Mazkur imtiyoz yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar tomonidan birinchi marotaba identifikatsiya ID-kartalari olganda qoʻllaniladi.

Koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun:

agar koʻchmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida joylashgan boʻlsa BHMning 1,5 baravari (amalda maydoniga qarab BHMning 1 baravaridan BHMning 3 baravarigacha);

agar koʻchmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan boʻlsa BHMning 1 baravari (amalda maydoniga qarab BHMning 50 foizidan BHMning 1,5 baravarigacha);

Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga oʻzgartirishlar kiritganlik uchun:

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga BHMning 10 foizi (amalda BHMning 25 foizi);

jismoniy shaxslar uchun BHMning 25 foizi (amalda BHMning 50 foizi);

yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa BHMning 50 foizi (amalda BHMning 1 baravari);

mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, bundan “p” kichik bandida belgilangan hollar mustasno BHMning 25 foizi (amalda BHMning 50 foizi);

Garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

jismoniy shaxslar oʻrtasida BHMning 1 baravari (amalda shartnoma summasiga qarab jismoniy shaxslar uchun BHMning 1 baravaridan BHMning 2 baravarigacha);

yuridik shaxslar oʻrtasida yoki taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa BHMning 2 baravari (amalda shartnoma summasiga qarab yuridik shaxslar uchun BHMning 2 baravaridan BHMning 4 baravarigacha) etib belgilanmoqda.;

Qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun BHMning 25 foizi miqdorida undiriladi (amalda shartnoma summasiga qarab, qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun BHMning 25 foizidan BHMning 1 baravarigacha).

Qarz shartnomasi summasi chet el valyutasida ifodalansa, davlat bojining miqdori chet el valyutasidagi qarz summasining notarial harakat amalga oshirilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutadagi ekvivalentidan kelib chiqib hisoblanadi va undiriladi.

Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

avtotransport vositasi uchun BHMning 3 baravari (amalda transport vositasi dvigatelining quvvati ot kuchiga va ishlab chiqarilgan sanasiga qarab BHMning 2 baravaridan BHMning 10 baravarigacha);

bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun BHMning 25 foizi (amalda BHMning 10 foizidan BHMning 50 foizigacha);

avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni va avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun boj boshqa shaxslarga BHMning 2 baravari (amalda BHMning 3 baravari) belgilanmoqda.