Xoʻsh bunday holatda nima qilish kerak?
Yoʻl harakati hodisasisi sodir boʻlgan yoʻldagi nosozlikni dalil sifatida rasm yoki videoga olasiz. Keyin, tuman sudiga qoʻlingizdagi dalillarni taqdim qilasiz. Sud esa avtomobil yoʻllaridan foydalanishda belgilangan tartibga boʻysunmagan jismoniy va yuridik shaxslarni javobgarlikka tortadilar. Shu tariqa yetkazilgan zarar Sizga qoplab beriladi.
Avtomobil yoʻlidan oʻtish sharoitlarining yomonlashishiga sabab boʻladigan ishlarni bajarayotgan yuridik va jismoniy shaxslar avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibiga rioya etmaganlik, shuningdek avtomobil yoʻlining tegishli uchastkalarida va aylanib oʻtish joylarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
«Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida«gi qonunining 25-moddasida taʼkidlanganidek, «Avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarga avtomobil yoʻlidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan tartibda qoplashi shart«.