Joriy yilning 3-avgust kuni tungi soat 00:05 lar atrofida Samarqand viloyati IIB JXX YHXB 1-otryad YPX xodimlari, Karantin tadbirlarini ta'minlash guruhi hamda Davlat veterinariya xizmati xodimlari tomonidan Urgut tumanida joylashgan “Omonqo'ton” YPX maskanida harakatlanib kelayotgan “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi to'xtatilib tekshirilganda, yukxonasida kelib chiqishi noma'lum bo'lgan, veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda biror-bir hujjatlarsiz olib ketilayotgan 500 kg go'sht mahsuloti borligi aniqlandi.
Yaroqsiz go'sht mahsulotlari tegishli tartibda yo'q qilinib, hozirda haydovchiga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.