"Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi “UNG Petro” MCHJda xodimlarning huquqiy savodxonliklarini oshirish va ularni mehnat qonunchiligida belgilangan qoidalariga rioya qilish masalalariga bagʻishlangan seminar yigʻilish oʻtkazildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligidan mutaxassislar va “Oʻzbekneftgaz” AJning AYOQSH, FYOTSHlardan texnik foydalanish guruhi rahbari Muxtorxoʻja Raximov ishtirok etdi.
Seminarda mutaxassislar tomonidan korxona xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida mehnat qonunchiligi boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.
Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri. Sababi, har bir xodim qonunlarni bilib, unga amal qilib faoliyat olib borsa ish unumdorligi oshib boraveradi.
Tashkil etilgan ushbu seminarda bu jihatlar xodimlarga hayotiy misollar asosida yetkazildi. Ushbu Qonunlardagi eng muhim oʻzgarishlar va jihatlar haqida maʼruzalar oʻqildi.
“UNG Petro” MCHJ direktori Mirzoxid Musayev savdo faoliyatini olib borishda halollikka katta eʼtibor berish, nopok ishlarga qoʻl urmaslik, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik va shaffoflikni taʼminlash bugungi kunda “Oʻzbekneftgaz” AJ rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan eng asosiy vazifalardan biri ekanligini taʼkidladi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati