Avtomobillarni xavfsiz joylarga qoʻyish tavsiya etiladi

    Yashil sayyora 9 Fevral 2023 1348

    Gidrometeorologiya xizmati markazining bosh direktori Sherzodxoʻja Habibullayev oʻzining feysbukdagi sahifasiga shu mazmunda post joyladi.

    Uning taʼkidlashicha, bugun poytaxtda meʼyordan yuqori shamol boʻlishi kutilmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, bugun Oʻzbekiston boʻyicha yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi.

    Ayrim hududlarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat +9 daraja iliq, shimolda -7 daraja sovuq boʻlishi mumkin.