Unga koʻra, avtomototransport vositasiga ishonchnoma ariza beruvchi tomonidan YIDXP (my.gov.uz)dan foydalangan holda, oʻzining va ishonchnoma berilayotgan shaxs(lar)ning biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlarini kiritish orqali mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.
Davlat xizmati “Notarius” AATdan foydalangan holda YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladi.
Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga koʻra 1 oy, 6 oy va 3 yil muddatgacha beriladi.
Ariza beruvchi soʻrovnomada koʻrsatilgan avtomototransport vositasining mulkdori boʻlmasa, ishonchnoma rasmiylashtirilmaydi.
Ishonchnomaga kiritiladigan shaxslar soniga cheklov oʻrnatilmaydi.
Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda, “Davlat boji toʻgʻrisida»gi Qonunida ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:
1 oygacha boʻlgan muddatga – 10 foiz;
1 oydan ortiq va 6 oygacha boʻlgan muddatga – 50 foiz;
6 oydan ortiq va 3 yilgacha boʻlgan muddatga – 100 foiz.
Elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtirilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan bir xil yuridik kuchga egadir.
Ishonchnoma quyidagi holatlarda bekor qilingan hisoblanadi:
ishonchnomaning amal qilish muddati tugaganda;
ishonchnomani bergan shaxs tomonidan bekor qilinganda;
ishonchnoma rasmiylashtirilgan vaqtdan soʻng ishonchnomani bergan shaxs muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
ishonchnoma berilgan shaxs(lar) muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
avtomototransport vositasining mulkdori oʻzgarganda.
Avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladi
Hukumat qarori bilan “Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlandi.
Toshkentda gumanoid robotlar ishlab chiqarish zavodi qurilishi boshlandi
- Namanganda qalbaki 100 ming dollarni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
- Dunyo barqarorlik izlayotgan bir paytda, investorlar Oʻzbekistonni tanlashmoqda
- Tovlamachilikda ayblangan shaxs Misrdan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi
- Budjet tashkilotlarida daromadlarni hisobga olishning yangi standarti ro‘yxatdan o‘tkazildi
- JSST jazirama issiqdan himoyalanish bo‘yicha yangi tavsiyalarni e’lon qildi
Prezidentimiz maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
- Kimyo sanoatini jadal rivojlantirish vazifalari belgilandi
- Oʻzbekiston terma jamoasi ertaga Kanadaga qarshi oq libosda maydonga tushadi
- Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻladi
- Reuters: Ilon Mask tarixdagi ilk trillionerga aylandi
- Oʻzbekiston terma jamoasining Kanadaga qarshi asosiy tarkibi maʼlum bo‘ldi