Nashrda Xiva shahrida uch kun davom etgan saylda O'zbekistonning turli hududlarida etishtirilgan 50 dan ortiq turdagi qovun navlari namoyish etilgani  ma'lum qilingan.

"O'zbekiston qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan Xorazm viloyati hamkorligida o'tkazilgan festivalda 66 ta pavil`on o'rin olgan bo'lib, unda fermerlar o'z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Xususan, tadbir davomida ming tonnadan ortiq turli qovun, 400 tonna qizil tarvuz, 200 tonna qovoq, 100 tonna quritilgan mevalar pavil`onlarda joylashtirildi", - qayd etadi Misr gazetasi.

Maqolada ta'kidlanganidek, mehmonlar festivalda taqdim etilgan sariq tarvuz turlarini ham  tatib ko'rishlari mumkin bo'ldi. "Xalqaro festival yakunida ishtirokchilar orasidan bir qator nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar aniqlandi  va ularga  davlat tomonidan mukofot sifatida avtomobillar topshirildi", - deb yozadi "Axbar al-Yaum".