Bu haqda Arxeopark direktori Anvar Ikrom maʼlum qildi.
«VIII asrga oid Abbosiylar hukmronligi davridagi kumush tangalar ham arab yozuvidagi bejirim xatga ega. Qoʻlyozma kitobda handasa, riyoziyot, ilmi nujum, tibbiyotga oid qimmatli maʼlumotlar bor. Ular orasida Somoniy va Qoraxoniy hukmdorlar davrida hamda 1667-1670-yillarda Shvetsiya, 1836-yilda Buyuk Britaniyada chiqarilgan tangalar mavjud«, — deydi u.
Ilk kumush tangalar miloddan avvalgi III asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi — aversiga podshoning surati, orqa tomoni — reversiga esa har xil «xudo«lar, hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamgʻasi tushirilgan.
Axsikent kompleks ekspeditsiyasi Axsida Umarshayx Mirzoning rezidensiyasi oʻrni — Yakkayigit bogʻida qazishma ishlarini boshlaganlar. Topilmalar keng jamoatchilikda katta qiziqish uygʻotmoqda.








