Jizzax viloyati Arnasoy tumani “Navroʻz” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi hududida oʻtkazilgan reyd davomida Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi S. M. va S. S. noqonuniy baliq ovlagani uchun ushlandi.
Tekshiruv davomida qoidabuzarlar yonida 145 kg.ga yaqin baliq va baliq ovlash vositalari borligi aniqlandi. Hodisa oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 487 million soʻmni tashkil qilgan.
Holat yuzasidan sud organlariga taqdim etish va qonuniy choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar tayyorlandi.