Qayd etilishicha, olib borilgan reyd tadbirlari davomida, Peshkoʻ tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro elektr qarmoq yordamida 168 dona zogʻora, 10 dona laqqa hamda 1 dona karas baligʻini ovlaganlik holati aniqlandi.
Mazkur huquqbuzarlik oqibatida tabiatga jami 3 mlrd 532 mln 500 ming soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.








