Ayiq amerikalik keksa ayolga hujum qilib, unga jarohat yetkazdi

    AQShda tunda ayiq 82 yoshli ayolning uyiga kirib, unga jarohat yetkazdi.

    Voqea Koloradoda 11-avgustga o'tar kechasi sodir bo'lgan. Amerikalik ayol itning ovozidan uyg'onib ketgan. U uy eshigini ochgan, shundan keyin ayiq unga hujum qilgan. Ayol yirtqichni itarib yuborishga muvaffaq bo'lgan va old eshikni yopishga ulgurgan, ammo ayiq ayolning oyog'ini jarohatlab ulgurgan edi. Ko'p o'tmay ayiq deraza orqali uydan chiqib ketgan.

    Kolorado bog' va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish komissiyasi xodimi Mayk Braunning ta'kidlashicha, mutaxassislar chaqirilmagan mehmonni qidirib topish uchun barcha imkoniyatni ishga solmoqda. Mutaxassislar ayolga kichik ayiq hujum qilgan degan fikrga kelishdi, deb xabar beradi mir24.tv.