Nemis jamoasi kecha Yevropa ligasi finalida “Reynjers”ni magʻlubiyatga uchratdi.
Qayd etish lozimki, “Ayntraxt” 1959/60 yilda Yevropa chempionlari kubogida oʻynagan va finalgacha yetib borgan. Hal qiluvchi oʻyinda “Real”ga 3:7 hisobida yutqazgan.
1992-yildan keyin turnir Chempionlar ligasi nomini olganidan soʻng jamoa hali ushbu musobaqada qatnashmagan.
Frankfurtliklar Bundesliganing ushbu mavsumini 11-oʻrin bilan tugatishdi.