Ayol kishi birinchi marta Britaniya musulmonlar kengashi bosh kotibi etib saylandi.
29 yashar Glazgo shahridagi notijorat faoliyati boʻyicha maslahatchi Zara Muhammad yakshanba kungi saylovlardan soʻng Britaniyaning asosiy musulmon tashkilotiga bosh kotibi etib tayinlandi. “The Guardian” maʼlumotlariga koʻra, Zaraning raqibi imom va oʻqituvchi Ajmal Masrur boʻlgan.
“Bosh kotib lavozimiga birinchi ayol sifatida saylanish – bu sharaf va umid qilamanki, u koʻproq ayollar va yoshlarni yetakchilik rollarini oʻzlariga olishga ilhomlantiradi”, – deydi Zara.
“Men jamoatimizdagi anʼanaviy rahbardan juda farq qilaman”.
Musulmon boʻlmish London meri Sodiq Xon yosh ayolni saylangani bilan tabriklab, voqeani “ajoyib yangilik”deb atadi.