Belgilangan har bir toifadagi ayollarga individual yondashgan holda ular bilan manzilli ish olib borilmoqda.

Jumladan,  O‘zbekiston tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida belgilangan rejaga ko‘ra:

– boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlarning 133 nafariga 97 mln. 755 ming so‘m;

– ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan ayollarning 160 nafariga 117 mln. 600 ming so‘m;

 – qaramog‘ida bir va undan ortiq nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan yolg‘iz ayollarning 18 nafariga 13 mln. 230 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi.