“Toshshahartransxizmat” mazkur xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Unga koʻra, 8-mart kuni ayollar uchun jamoat transportining bepul boʻlishi haqidagi xabarlar asossiz.
Mazkur xabar tarqatilgan guruh admini bilan bogʻlanib, ushbu yolgʻon axborotni bartaraf etishlarini soʻrashimizga qaramasdan mazkur guruh keng jamoatchilikka ushbu yolgʻon axborotni yetkazishda davom etmoqda.
Shu oʻrinda axborot tarqatish qoidalarini buzayotgan ushbu guruhga masʼul tashkilotlardan belgilangan tartibda chora koʻrishlarini, shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asoslanmagan, yolgʻon axborotlarni tarqatmasliklarini soʻrab qolamiz, deyiladi izohda.