баннер
22 Yan 2025
13:11

    Ayrim tadbirkor va yuridik shaxslar davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-1018-son, 13.01.2025-y.) bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritildi.

    “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki boʻysunuvi oʻzgartirilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganda ular qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.

    Shuningdek, sugʻurta qildiruvchilar majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar yuzasidan davlat bojini toʻlashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.

    Bunda sugʻurta qildiruvchilar (sugʻurtalangan shaxslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar yuzasidan Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda va Iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech