Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
"Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident Farmoniga koʻra, shu yil 1-noyabrdan chet elda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini, basharti ular boʻyicha bojxona toʻlovlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa, sotuvga qoʻyish va chakana savdoda realizatsiya qilish man etiladi.
Bunda ushbu tartib buxgalteriya hisobi qonunchiligiga muvofiq 2024-yil 1-sentyabrgacha rasmiylashtirilgan (kirim qilingan) zargarlik buyumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
— qimmatbaho metallarning hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallarning chiqindilari va parchalari litsenziya asosida eksport qilinadigan maxsus turdagi tovarlar roʻyxatiga kiritiladi;
— Asillik inspeksiyasining xulosasi boʻlmagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqish man etiladi;
— jismoniy shaxslarga ogʻirligi 200 grammgacha boʻlgan kumushdan hamda 65 grammgacha boʻlgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq boʻlganlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi;
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvargacha Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida zargarlik buyumlarining asilligini tezkor tekshirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatuvchi shoxobchalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.