Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 14-mart kuni “Mahsulotlar eksporti tartib-taomillarini takomillashtirish va qoʻshilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi farmonida belgilandi.
Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad eksport tartib-taomillarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish hisoblanadi.
Farmon bilan 2025-yil 1-iyuldan boshlab 86 turdagi quyidagi tovarlarga eksport bojxona bojlari joriy etildi va ularning stavkalari tasdiqlandi:
- Charm xomashyosi va yarim tayyor charm mahsuloti, ipak xomashyosi, paxta ip-kalavasi va trikotaj mato tovarlariga (Amalda mazkur tovarlarni eksport qilish uchun uyushmalarning yigʻimlari belgilangan boʻlib, endilikda ular bekor qilindi.);
- Goʻsht mahsulotlari, bugʻdoy, don, guruch, mineral oʻgʻitlar, charm xomashyosi, PET chiqindilar, rangli metall lom va chiqindilariga (Amalda ushbu tovarlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning qarorlari asosida ruxsat berilgan holda eksport qilish mumkin edi. Endi ushbu talablar bekor qilindi).
Oʻzbekistonda qoʻshilgan qiymat yaratish, qayta ishlash sanoatini qoʻllab quvvatlash maqsadida respublikada ishlab chiqariladigan strategik xomashyo mahsulotlariga (tabiiy gaz, paxta tolasi, paxta linti, mineral oʻgʻitlar, polietilen, polipropilen, polisterol, polietilentereftalat, PVX, mis xomashyosi).
Mazkur farmon:
- eksport tartib-taomillarini yanada takomillashtirish,
- mahalliy xom ashyo asosida qoʻshilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish,
- qayta ishlash sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.