Qarorga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 132-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari oshxonalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov asosida ijaraga berish;
  • “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali taʼlim tashkilotlari oshxonalarining hisobini yuritish va ularni ijaraga berish;
  • taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanish tashkil etilishini monitoring va nazorat qilish;
  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish.

Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:

  • tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan;
  • umumiy ovqatlanish boʻyicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;
  • oshxona faoliyati yoʻnalishi boʻyicha maxsus jihozlarga ega boʻlgan;
  • shartnoma va sud hujjatlari boʻyicha zimmasida ijara hamda soliq toʻlovlaridan qarzdorligi mavjud boʻlmagan.