Maʼlum qilinishicha, 5–9-fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishi sababli respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi eʼlon qilinadi.

Shu jumladan:

  • Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
  • Samarqand viloyatining Nurobod, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
  • Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida;
  • Toshkent viloyatining Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlarida (Chotqol tizmasi togʻlari);
  • Namangan viloyatining Pop tumanida.

“Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.