баннер
30 Mar 2025
19:24

    Ayrim toifadagi talabalarga keyingi oʻquv yili uchun foizsiz taʼlim krediti ajratiladi

    Ushbu taʼlim krediti talabalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab beriladi.

    Bu haqda AOKAda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytildi.

    Prezidentning tegishli qaroriga koʻra, oliygohlarda davlat granti kvotalarini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash amaliyoti joriy etildi. Endilikda ikkinchi va undan yuqori kurslarda tahsil olayotgan, oʻzlashtirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan ijtimoiy faol talabalarga taʼlim granti toʻliq va toʻliq boʻlmagan shakllarda taqdim etiladi.

    Shuningdek, mazkur hujjatga koʻra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan ayrim toifadagi talabalarga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratildi. Ushbu toifadagi talabalar oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab ikki turdagi grantdan foydalanishi mumkin. Birinchi turdagi grant orqali ularning kontrakt toʻlovi Davlat byudjetidan toʻliq qoplanadi, ikkinchi turdagi grantda esa moliyaviy mustaqil oliygohlarning mablagʻlari hisobidan kontrakt summasining maʼlum bir qismi qoplab beriladi.

    Bundan tashqari, ushbu toifadagi abituriyentlar uchun davlat granti kvotasidan tashqari 10 foizgacha qoʻshimcha grantlar ajratiladi. Davlat grantiga oʻtish balining 80 foizidan yuqori natija koʻrsatgan abituriyentlar ushbu grantlar orqali oʻqishga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.

    Talabalar uchun yana bir muhim yangilik – oʻzlashtirish koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlgan ayrim toifadagi keyingi oʻquv yili uchun foizsiz taʼlim krediti ajratiladi. Bu imkoniyat orqali yoshlarimiz taʼlim olish jarayonida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmaydi.

    Grantlarni taqdim etish jarayoni shaffoflik va xolislik tamoyillariga asoslanadi. Barcha talabgorlar oliygohlarning rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda ariza topshirishi mumkin. Grantlarga talabgorlar oliygohlar huzurida tashkil etiladigan maxsus komissiyalar tomonidan baholanib, natijalar yangi oʻquv yili boshlanishidan oldin eʼlon qilinadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech