Boku-Farg‘ona-Boku yo‘nalishini ochgan  Airbus A320 borti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan, ekipaj va yo‘lovchilar esa karnay va surnay sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi.

Muntazam reyslar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Aytish joizki, Farg‘ona Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan O‘zbekistondagi uchinchi shaharga aylandi. Bokudan Toshkentga reyslar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Bokudan Samarqandga — seshanba va payshanba kunlari.

1992-yilda tashkil etilgan "Ozarbayjon Havo Yo‘llari" (Azal) yirik aviatashuvchi bo‘lib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega bo‘lgan, MDH mamlakatlari aviasiya hamjamiyatida yetakchilardan biri hisoblanadi.