Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya UNWTO yig‘ilishida ishtirok etdi

    Turizm 20 Yanvar 2021 1842

    Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi UNWTO’ning "Global turizm inqirozi bo‘yicha qo‘mitasi" yig‘ilishida ishtirok etdi. 

    Yig‘ilish turizm sohasini qayta tiklash bo‘yicha aniq rejalarni ishlab chiqishga bag‘ishlanib, Butunjahon turizm tashkiloti Ijroiya Kengashi sessiyasi tarkibida bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbirda jahonning 150 dan ziyod vazirlari va turli xalqaro tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

    Qo‘mita axborot xizmati xabar berishicha, kun tartibidagi asosiy masalalardan biri COVID-19 vaktsinalarining turizmni tiklashga doir muvofiqlashtirilgan yondashuviga bag‘ishlandi.