Statistika agentligi oʻtgan yil Xitoydan Oʻzbekistonga 74 304 nafar turistlar tashrif buyurganini maʼlum qildi.
Unga ko'ra, 2024-yilda Oʻzbekistonga sayohat uchun 57 141 nafar, xizmat safarlari yuzasidan 1 131 nafar, qarindoshlarini yoʻqlash uchun 1 228 nafar, tijorat qilish uchun 1 177 nafar, oʻqish uchun esa 794 nafar va davolanish uchun 3 nafar Xitoy fuqarolari tashrif buyurgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ispaniyadan Oʻzbekistonga qancha turist kelgani ochiqlangandi.