Maʼlum qilinishicha, Boeing 787 samolyoti ekipaji bortdagi yoʻlovchilardan birining sogʻligʻi keskin yomonlashgani sababli muqobil aerodromga qoʻnishga qaror qilgan.
Samolyot Samarqandga Toshkent vaqti bilan soat 03:40 da qoʻngan. 1959-yilda tugʻilgan Fransiya fuqarosi boʻlgan yoʻlovchiga tezkor tibbiy yordam koʻrsatildi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, unda yurak xuruji gumon qilinmoqda.
Yoʻlovchi va unga hamroh boʻlgan ikki nafar shaxs qoʻshimcha tekshiruv hamda davolanish uchun tibbiyot xodimlariga topshirildi.
Zarur amaliy ishlar yakunlangach, parvoz davom ettirildi. 05:11 da Turkish Airlines aviakompaniyasining samolyoti Istanbul tomon uchib ketdi.