BAA qarshi oʻyinda terma jamoaning ikki futbolchisi uchrashuvni oʻtkazib yuboradi

    Sport 14 Oktabr 2024 562

    Oʻzbekiston terma jamoasi markaziy himoyachisi Rustam Ashurmatov Eron bilan uchrashuvda olgan sariq kartochkasi tufayli BAAga qarshi bahsni oʻtkazib yuborishga majbur edi.

    Terma jamoaning yana futbolchisi Oston Oʻrunov ham mazkur uchrashuvni oʻtkazib yuboradigan boʻldi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

    «Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Oston Oʻrunov Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan uchrashuvda jarohat sababli ishtirok eta olmaydi. Futbolchimiz tez fursatda sogʻayib, safga qaytishini tilab qolamiz«, — deb yozadi xabarda.

    Oʻrunov 5-oktyabr kuni «Persepolis« safida «Chadormalu«ga qarshi oʻyindan oldingi chigilyozdi mashgʻulotda jarohat olgan va asosiy tarkibdan zaxiraga olingan edi.

    Futbolchi 10-oktyabr kuni Oʻzbekiston terma jamoasi safida Eronga qarshi bahsning 71-daqiqasida Abbos Fayzullayevning oʻrniga zaxiradan maydonga tushgandi. U Eron bilan oʻyindan keyingi mashgʻulotlarning hech birida ishtirok etmadi.