Yigʻilishda delegatlar tomonidan federatsiya raisi lavozimiga Milliy gvardiyasi qoʻmondoni Bahodir Toshmatov nomzodi ilgari surildi. Ushbu nomzod ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlanib, Bahodir Toshmatov mamlakat kamondan otish federatsiyasi raisi etib saylandi.

Konferensiya davomida kamondan otish sportini yurtimizda yanada rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek, sportchilarni joriy yilda boʻlib oʻtadigan nufuzli musobaqalarga tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur qaror sohada tizimli islohotlarni yanada jadallashtirish, sport infratuzilmasini mustahkamlash va xalqaro maydonda milliy terma jamoa natijadorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.