Qur’on oyatlari tilovat qilindi. Alloh taolodan o‘tganlarga rahmat, yurtimizga tinchlik-farovonlik tilab duo o‘qildi.
Diniy ulamo bilan suhbatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, islom ma’rifati haqida so‘z bordi. Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bandligiga ko‘maklashish, muhtoj oilalarni alohida mehr-e’tiborga olish muhimligi ta’kidlandi.
Shu yerda majmua atrofida rejalashtirilayotgan qurilish-ta’mirlash loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, Bahouddin Naqshband maqbarasiga Toqi miyona darvozasidan boruvchi tarixiy yo‘lakni tiklash, Doniyolbiy madrasasini ta’mirlash, tahoratxona va muzey barpo etish kabilar mo‘ljallanmoqda.
Davlatimiz rahbari ziyorat turizmi uchun sharoitlarni kengaytirish, xorijdan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlar va mehmonxona tashkil etish, qabristonni obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.