Bahromjon Gʻoziyev nufuzli musobaqada sovrindor boʻldi

    BAAningAbu-Dabi shahrida ot sportining konkur boʻyicha oʻtayotgan CSI2* toifasidagi nufuzli musobaqada 105 nafar kuchli chavandozlar oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazmoqda.

    Ular orasida Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gʻoziyev muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Chavandozimiz oʻzining “Lady” laqabli oti bilan 130 sm. balandlikdagi toʻsiqlardan ot sakratishda kumush medalga ega chiqdi.

    Eslatib oʻtamiz, 19-yanvar kuniga qadar davom etadigan mazkur musobaqaning oʻtgan kungi bahslarida Bahromjon Gʻoziyev eng kuchli 10 ta chavandoz oʻrtasida oltinchi oʻrinni egallagan edi.