баннер
27 Apr 2025
11:13

    Konkur boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi

    Shu yilning 3-6-aprel kunlari poytaxtimizda konkur boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.

    Qayd etilishicha, unda Respublikamizning koʻplab viloyatlaridan tashrif buyurgan chavandozlar gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

    Bellashuvlar yakuniga koʻra, Bahromjon Gaziyev, Xurshid Alimjonov, Alisher Erkinov, Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev, Ashrafxon Neʼmatov turli yoʻnalishlarda chempionlikni qoʻlga kiritishdi.

    Ahamiyatlisi, taqdirlash marosimida Italiya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Pergabriyel Papadia de Bottini ishtirok etib, mamlakatlarning mazkur sport turidagi hamkorligi yangi darajaga koʻtarilayotganini taʼkidladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech