Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman boʻlimi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda “O.X” xususiy korxonasi rahbari O.X. va boshqalar tumandagi Naqshband koʻchasining meʼmoriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirishda rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 573 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.