Baliq boqish uchun garovsiz kreditni 100 million soʻmgacha oshirish taklif qilindi

    Baliq yetishtirishni koʻpaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

    Joriy yilda baliq yetishtirish hajmini 1 million tonnaga yetkazish va qoʻshimcha 50 ming aholini band qilish tarmoq masʼullarining asosiy vazifasi boʻlishi qayd etildi.

    Daryo boʻylarida kamida 500 ta havza tashkil qilib, kooperatsiya asosida baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.

    “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida baliq boqish uchun garovsiz kreditni 100 million soʻmgacha oshirish taklif qilindi.