Bandixon Surxondaryodagi navqiron tuman. Bu joyda qishloqqa sanoatni olib kirish, aholi tomorqalarida etishtirilayotgan mahsulotlar nobudgarchiligiga barham berish, odamlarni ishli qilishga e'tibor kuchaytirilmoqda. Tumanda yangi bunyod etilgan sanoat korxonasini qurish va ishga tushirish uchun 5,2 milliard so'm sarflandi. endi korxonada pomidor va boshqa turdagi mahsulotlar qayta ishlanadi. Loyihaning ikkinchi bosqichi bo'yicha korxona hududida 4 gektarli issiqxona, 300 tonna sig'imga ega sovutgichli omborxona, 300 tonna mahsulot joylashadigan yozgi bostirma, agromaktab, agromarket qurilishi boshlandi.

Usmonali NORMATOV