Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish boʻyicha 2020-2021-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”da jami 45 ta amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilangan. Mazkur yoʻl xarita ijrosining nazorati “anticor.ijro.uz” elektron dasturi orqali amalga oshirildi.
Oʻzbekistan Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (komplayens-nazorat) tomonidan yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish boʻyicha 2020-2021-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” ijrosi boʻyicha ISO 37001 xalqaro standart talablari asosida vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bilan bogʻliq 18 ta ichki meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
Shuningdek, 2020-2021-yillar davomida Hududiy bandlik bosh boshqarmalari hamda tasarrufiy tashkilotlarda “komplayens nazorat” tizimi joriy etilib, masʼul xodimlar tayinlangan. Xodimlarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyoti joriy etilgan boʻlib, korrupsion xavf-xatar darajasining pasayishiga erishildi.
Malakali xodimlarni tayyorlash va ularda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida nazariy hamda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimi xodimlari malaka oshirish jarayoni bilan bogʻliq oʻquv seminarlar jadvali tasdiqlandi.
2021-yilning may oyida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan komplayens-nazorat xodimlari uchun tashkil etilgan oʻquv kursida vazirlik markaziy apparati hamda hududiy komplayens-nazorat mutaxassislari malakasi oshirildi.
Xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshimcha majburiyatlar kiritildi.
2021-yil oktyabr oyida Oʻzbekistan Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida aniqlanayotgan korrupsion holatlar va ularning kelib chiqish sabablari hamda bunga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
2020-yil davomida, jami 44 ta fuqaro murojaati koʻrib chiqilgan shundan, 19 ta yozma fukaro murojaati, 25 ta ogʻzaki fuqaro murojaatlari koʻrib chiqilgan boʻlib, shundan 22 ta xolatda korrupsiya holatlarining oldi olindi, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar ishchi tartibda hal etildi hamda masʼul xodimlarga nisbatan choralar koʻrildi. 8 ta qonunbuzarlik holatlarida vazirlik tizimi xodimlariga nisbatan intizomiy choralar koʻrilgan.
2021-yil davomida, jami 32 ta fuqaro murojaati koʻrib chiqilgan, shundan 27 ta yozma fuqaro murojaati va 5 ta ogʻzaki fuqaro murojaatlari koʻrib chiqilgan boʻlib, 5 ta holatda korrupsiya holatlarining oldi olindi, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar ishchi tartibda hal etildi hamda masʼul xodimlarga nisbatan choralar koʻrildi. 17 ta qonunbuzarlik holatlarida vazirlik tizimi xodimlariga nisbatan intizomiy choralar koʻrilgan.
“Komplayens nazorat” boʻlimi tomonidan vazirlik tizimida jami 5 ta oʻrganish oʻtkazilgan. Oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari yuzasidan kiritilgan maʼlumotnomalar asosida 2 ta tasarrufiy tashkilotning tashkiliy tuzilmasi toʻliq oʻzgartirilib, manfaatlar toʻknashuviga olib keluvchi holatlar toʻlik bartaraf etildi xamda xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi va 5 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Bugungi kunda, Komplayens nazorat” boʻlimi tomonidan vazirlik tizimida 3 marotaba xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha tizim tashkilotlariga tegishli koʻrsatmalar berildi. Vazirlik veb saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda korrupsiya qarshi kurashish boʻyicha aloqa kanallari eʼlon qilindi, shuningdek, Ijtimoiy tarmoqlarda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri aholi va vazirlik xodimlariga murojaat bilan chiqdi: Siz Bandlik va mehnat munosabatlari sohasida qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, mehnat.uz sayti orqali “onlayn maslahatchi”ga yoki 71-200-06-00 raqamli “Ishonch telefoniga” orqali bevosita murojaat qilishingiz mumkin.