Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-452-son qaroriga muvofiq, ishda foydalanish uchun 2025-yilga moʻljallangan ish vaqti meʼyorlari davomiyligining taqvimi ishlab chiqildi.
Bayram kunlari:
1-yanvar – Yangi yil.
8-mart – Xotin-qizlar kuni.
21-mart – Navroʻz bayrami.
31-mart – Roʻza hayit (Iyd al-Fitr).
9-may – Xotira va qadrlash kuni.
7-iyun – Qurbon hayit (Iyd al-Adha).
1-sentyabr – Mustaqillik kuni.
1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni.
8-dekabr – Konstitutsiya kuni.
Ish soatlarining meʼyori (ish vaqti) quyidagicha belgilanadi:
5 kunlik (40 soatli) ish haftasida:
- 8 soatli ish kuni va 7 soatli bayram oldi ish kunlari hisobga olinadi;
6 kunlik (40 soatli) ish haftasida:
- 7 soatli ish kuni va dam olishdan oldingi 5 soatli ish kuni shuningdek, bayram oldi kunlari 6 soatli (shanba kuniga toʻgʻri kelsa, 4 soatli) ish kuni hisobga olinadi;
36 soatli ish haftasida:
- 6 soatli ish kuni va 5 soatli bayram kunidan oldingi ish kunlari hisobga olinadi.
Roʻza hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) bayramlarining koʻrsatilgan kunlari bir kunga oʻzgarishi mumkin.