Bandlik vazirligi nogironligi boʻlganlarni ishga qabul qilganlar uchun tanlov eʼlon qildi

    Gʻoliblar vazirlikning byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan BHMning 100 baravari (37,5 mln soʻm) miqdorida pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

    Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tadbirkorlar uchun “Eng yaxshi ish beruvchi” tanloviga arizalar qabul qilmoqda.

    Unda mamlakatning istalgan tumani (shahar)dan faqat nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar ishtirok etishlari mumkin.

    Bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar mustasno.

    Ish beruvchilardan kelib tushgan arizalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va baholash vazirlikda tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

    Gʻoliblar vazirlikning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan BHMning 100 baravari (37,5 mln soʻm) miqdorida pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

    Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni 20-noyabr soat 18:00gacha Bandlik vazirligining Toshkent shahri, Nukus koʻchasi, 8-uy manziliga yoki info@bv.gov.uz elektron pochtasiga joʻnatish kerak.

    Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etilishlari kerak:

    - ariza shakli;

    - davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;

    - tashkilotda ishlovchi nogironligi boʻlgan shaxslar haqida maʼlumot;

    - ish oʻrinlari moslashtirilganligi haqida ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xulosa nusxasi va boshqalar.

    Batafsil maʼlumotlarni vazirlikning +99871 203−01−40 (ichki raqam 749) telefon raqami orqali olish mumkin. Ariza shakli bu yerda.