Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi, I.S., ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs uning bank kartasidan jami 1.300.000 soʻm pullarini nomaʼlum tarzda yechib olganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, firibgarlik yoʻli bilan pullarni oʻzlashtirgan shaxs Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida yashovchi 1989-y.t., U.E. ekanligi aniqlangan.
U.E. pullarni naqdlashtirish uchun bank shahobchasiga kelgan fuqaro I.S.ning bank karta raqamlarini yashirincha koʻrib olib, bank kartasi maʼlumotlarini onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar (1xVet) hisob raqamiga kiritgan hamda oʻz telefon qurilmasi nosoz holda ekanligini bildirib qoʻngʻiroq qilib olish bahonasida fuqaroning mobil qurilmasiga kelgan sms-xabarnomani qoʻlga kiritgan va shu tariqa pullarni oʻzlashtirganligi maʼlum boʻldi.
U.E.ga nisbatan OʻzR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.