Loyiha bilan tijorat va bank sirini oshkor qilish uchun maʼmuriy javobgarlikni bekor qilib tijorat, bank, soliq yoki sugʻurta siri hisoblangan axborotdan noqonuniy foydalanish, toʻplash yoxud oshkor qilish uchun jinoiy javobgarlikni belgilash nazarda tutilyapti.
Jazo tariqasida BHMning 100 baravaridan 250 baravarigacha jarima yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish belgilanyapti. Ogʻirlashtiruvchi holatlarda 2-yildan 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi taklif etilyapti, deb xabar beradi “Norma” portali.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.