Prezident poytaxtdagi 12 ta tuman bir-biri bilan tutashib ketgani, ularni iqtisodiy chegarasi yoʻqligi bois tadbirkorlarga sharoit yaratish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha boshqacha yondashuv kerakligini taʼkidladi.

Shu bois, banklar filiallari faqat mijozni hisob raqamiga xizmat koʻrsatuvchi emas, balki oʻzining yirik mijozlari va tumandagi mahallalarni bogʻlaydigan koʻprik boʻlishi muhimligi qayd etildi.

Misol uchun, faoliyatini kengaytirish hamda aylanma mablagʻ uchun kredit olish va ish oʻrni yaratishga tayyor mijozlar koʻp. Banklar zamonaviy fikrlab, shunday mijozlar bilan ishlashi, ularni yiriklashtirishga koʻmaklashishi maqsadga muvofiq ekani taʼkidlandi.