Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman boʻlimi tomonidan “Turonbank” ATBning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.
Aniqlanishicha, ushbu bank xizmatlari markazi kassa amaliyotlari boʻlimi kassiri J.D. va boshqa masʼul shaxslari bank xizmatlari markaziga qarashli 10 dona bankomatdan qaytgan mablagʻlarni tegishli tartibda kirim qilmay, soxta maʼlumotlar tuzish orqali jami 347,5 mln soʻm va 7 600 AQSH dollarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.