Guliston shahar “Qoʻriqlash” boʻlimiga Haydar massivida oʻrnatilgan “Agrobank” ATBga tegishli boʻlgan bankomatdan “tashvish” xabari kelib tushgan. Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan xodimlar tomonidan nomaʼlum shaxs bankomatni ochishga uringan vaqtda qoʻlga olingan.
Dastlabki surishtiruv natijasida fuqaro muqaddam Oʻz.Res. JKning 169-moddasi bilan sudlangan, sirdaryolik N.F ekanligi aniqlangan.
Maʼlumot uchun: fuqaro N.F joriy yilning mart oyida ozodlikka chiqqan. Mazkur holat boʻyicha tergov harakatlari Mirzaobod tumani IIB tomonidan olib borilmoqda.