“2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasiga koʻra, 2022-yilda 3-yanvar —dushanba, 4-yanvar —seshanba qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilanishi kutilmoqda!

Demak, Farmon qabul qilinsa barcha xodimlar 5 kun: 31-dekabr, 1-4-yanvar kunlari dam olishlari mumkin!

Diqqat! Barcha xodimlarning Yangi yilda 3 kun (31-dekabr, 1-2-yanvar kunlari) dam olishlari aniq! Agar yuqoridagi farmon qabul qilinsa unda barcha xodimlar 3-4-yanvar kunlari ham yaʼni jami  5 kun dam olishlari mumkin boʻladi!