Dunyoning 15 dan ortiq mamlakati folklor jamoalari ishtirok etgan mazkur festivalda mamlakatimiz madaniyati va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan chiqishlar jahon san’at ixlosmandlarini hayratda qoldirdi. 

Festival yakunlariga ko‘ra, yurtimiz nomidan qatnashgan 8 nafar ishtirokchi xalqaro miqyosdagi diplomlar bilan taqdirlandi.

“Barkamol avlod” respublika bolalar maktabining “Zamin” bolalar folklor ansambli a’zolari joriy yilning 7 iyul kuni mamlakatimizga qaytadi.